Bir oy ichida O‘zbekistonning sof oltin-valyuta zaxirasi hajmi 151 mln dollarga oshib, 1 aprel holatiga ko‘ra 27,086 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki matbuot xizmati xabar qildi.

Yalpi oltin-valyuta zaxiralari 28,5 mlrd dollarni tashkil qilsa, uning 14,5 mlrd dollari (bir oy davomida -198 mln dollar) — xorijiy valyutadagi aktivlar, 13,9 mlrd dollari (bir oy ichida +355 mln dollar) — monetar oltindan iborat.