Toshkentda 16 apreldan boshlab kadastr yig‘majildi va egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat o‘rniga kadastr pasportini berish boshlanadi. Bu haqda poytaxt Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi saytida xabar qilindi.

Joriy etilayotgan ushbu yangilik kadastr hujjatlarini tayyorlashda jarayonlarni soddalashtirish va muddatlarni qisqartirish, shuningdek kvartira bilan bog‘liq operatsiyalarda egalik qiluvchilar uchun qulaylik yaratishga qaratilgan.

Kadastr pasportida kvartiraning texnik parametrlari, kadastr qiymati, kvartira rejasi, egalik va kvartiraga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tgani haqidagi ma’lumot o‘rin oladi.

Pasportda onlayn rejimda hujjat maqomini, uning haqiqiyligi, kvartiraga nisbatan taqiqlar mavjud emasligi va boshqa ma’lumotlarni tekshirish mumkin.

Hujjatning yangi namunasi kvartiralarning yangi egalari yoki eski kadastr hujjatlarini yo‘qotgan kvartira egasining arizasi asosida beriladi. Avval berilgan kadastr hujjatlarini yangilash talab qilinmaydi va ular kvartira egasining unga bo‘lgan huquqi bekor qilinmagunga qadar haqiqiy hisoblanadi.

Boshqarmadan aniqlik kiritilishicha, yangi tizim 1 iyunga qadar sinovdan o‘tkazilib, uning natijalari bo‘yicha individual turar joylar va noturar ob’ektlar uchun xuddi shunday soddalashtirilgan pasport tayyorlanishi lozim.