10 aprel kuni O‘zbekiston delegatsiyasining Eronga tashrifi doirasida Tehronda o‘zbek-eron savdo uyi ochilishi bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.

Marosimda O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev, Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov va Eron sanoat, konchilar va savdo vaziri o‘rinbosari Mojtaba Xosrovtaj ishtirok etdi.

Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi O‘zbekiston milliy mahsulotlari shourumi bo‘lgan savdo uyi Uzsanoatexport tashqi savdo kompaniyasi tomonidan Eronning Fawakeh Sompany kompaniyasi bilan hamkorlikda ochildi.

Jamshid Xodjayevning qayd etishicha, savdo uyining asosiy vazifasi Eronda o‘zbek ishlab chiqaruvchilarining xilma-xil mahsulotlarini faol ilgari surishdan iborat.