Dushanba kuni hukumatni egallash yoki konstitutsion tuzumni ag‘darish maqsadida fitna uyushtirishda ayblanayotgan Bobomurod Abdullayev va yana uch nafar sudlanuvchi ishi bo‘yicha sud ishida raislik qiluvchi sudya Zafar Nurmatov Abdullayevning advokati Sergey Mayorovning Milliy xavfsizlik xizmati (hozirgi Davlat xavfsizlik xizmati) tergovchilarini guvoh sifatida taklif qilish to‘g‘risidagi da’vosini qondirdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida majlis boshlanishidan avval Sergey Mayorov da’vo bilan chiqdi. Unda u ayblanuvchilar va guvohlarning ko‘rsatmalarida ko‘p sonli qarama-qarshiliklar mavjudligini ko‘rsatib o‘tgan. Masalan, Abdullayevning MXX xodimi T.Yakubovga yozgan tushuntirish xati 2017 yil 26 sentyabr sanasi qayd etilgan. Bu sana ish materiallari, mantiq va guvoh Charos Abdullayevaning 25 sentyabrdagi arizasiga teskari kelmoqda, dedi himoyachi. Sudlanuvchi sudda bir necha marta ushbu tushuntirish 29 dekabrda yozilganini ma’lum qildi, dedi advokat.

Advokat Bobomurod Abdullayevning «Usmon haqnazarov» taxallusi ostidagi maqolalari bo‘yicha ekspertlik izlanishlari olib borilishida va ular bo‘yicha xulosa tuzishda ham ko‘plab qo‘pol qoidabuzarliklar mavjudligini ko‘rsatib o‘tdi.

Sergey Mayorov ekspertlar O.Pitirimova va N.Soliyeva 4 aprel kuni so‘roqqa tutilayotgan vaqtda davlat ayblovchisi ikki marta sudga bosim o‘tkazishga harakat qilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Pitirimova tilxatga (yolg‘on ekspertlik xulosasini berganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi) ekspertiza o‘tkazilgan kunda emas, balki ekspertiza tugallanib, u tomonidan qog‘ozga chop etilganidan keyin qo‘l qo‘yganini tan olgan.

Advokat davlat ayblovchisi Pitirimovani himoya qilishga urinib, sudga davlat ekspert muassasasi eksperti «Sud ekspertizasi to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq, ekspertiza o‘tkazilishidan avval jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida ogohlantirilmasligini, bu uning ishga qabul qilinishida ogohlantirishini aytgan holda guvohni so‘roq qilishga aralashganini ma’lum qildi. Mazkur qonunning 14-moddasida esa tilxat haqidagi talab mavjud.

Himoyachi Bobomurod Abdullayevning shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgani bayonnomasi, shuningdek 29 sentyabrda u qo‘lga olingandagi bayonnomada undan qandaydir buyum olingani to‘g‘risida ko‘rsatmalar yo‘qligini ham ma’lum qildi. Boshqa hujjatlarda Abdullayevni qo‘lga olishda undan magnitli tashuvchi olib qo‘yilgani eslab o‘tilgan, biroq olib qo‘yish jarayoni rasmiylashtirilmasdan, qonunchilik talablari buzilgan, dedi Mayorov.

«Daliliy ashyolar soxtalashtirilganini aniqlash yoki ularni istisno qilish uchun buyumlarni olib qo‘yish va ularni ko‘rib chiqishda ishtirok etgan barcha shaxslar so‘roq qilinishi lozim», — dedi advokat o‘z bayonotida.

Bobomurod Abdullayev ishi bo‘yicha daliliy ashyolar bilan tanishishda uning uyidan kompyuter va flesh-karta bilan birga, qo‘lga olinish vaqtida undan olib qo‘yilgan qattiq disk taqdim etilmagan. Yanada aniqroq aytganda, 1/25-sonli ma’lumotnoma asosida flesh-kartadan o‘chirilgan fayllarni qayta tiklash va ko‘rib chiqishda «O‘rim» (davlat to‘ntarilishi to‘g‘risidagi) loyihasining paydo bo‘lish manbasi ko‘rsatilmagan, ma’lumotnomada esa magnitli tashuvchini muhrlash haqidagi ma’lumotlar yo‘q, aynan qaysi faylda «O‘rim» loyihasi saqlangani ko‘rsatilmagan, dedi himoyachi.

Sergey Mayorovning so‘zlariga ko‘ra, olib qo‘yilgan buyumlarni ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi bayonnomada ochiqchasiga soxtalashtirish holatlari mavjud.

Tergov organi tomonidan Abdullayevning aybdor ekani tan olinayotgan ma’lumotlarga ega fayllarda yaratilish vaqti sifatida 2017 yil oktyabri turibdi. Sudlanuvchi esa sentyabrda qo‘lga olingan, deya davom ettirdi Sergey Mayorov.

Ishda ikkita flesh-karta esga olinadi: biri «bezыmyannaya» qora 2 GB, ikkinchisi — ashyoviy dalil deb tan olingan ADATA 2 GB. Ularning qaysi biri «O‘rim» loyihasi bilan aloqaga egaligi tushunarsiz, dedi himoyachi.

Jinoyat ishi bo‘yicha kelgusi sud majlisi 11 aprelda bo‘lib o‘tadi.

Sud majlisining boshqa tafsilotlari va advokat da’volarining to‘liq ro‘yxati rus tilida.