O‘zbekiston prezidentining 9 apreldagi farmoni bilan Hidoyatov G‘ayrat Botirovich mamlakat bosh prokurori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura saytida xabar qilindi.

Tayinlovga qadar G‘ayrat Hidoyatov prezidentning siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha davlat maslahatchisi o‘rinbosari bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan.

Avval u Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sud hay’ati raisi (2011 yilda Oliy sud sudyasi etib saylangan) va O‘zbekiston adliya vaziri o‘rinbosari sifatida ishlagan.