8 aprelga o‘tar kechasi Toshkentning Uchtepa tumanida ikki o‘smir «VAZ-2101» avtomobilini o‘g‘irlab ketdi, deya xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.

Ushbu jinoyatni Sergeli moliya kolleji o‘quvchisi J.R. va Chilonzor tumanidagi o‘rta maktab o‘quvchisi M. M. sodir etgan. Sh. Sa’diyevga tegishli mashina uy oldida eshiklari ochiq holatda qoldirilgan.

Ko‘kcha Darvoza ko‘chasida o‘smirlar mashina boshqaruvini yo‘qotib qo‘ygan va beton to‘siqqa borib urilgan. Turli darajadagi tan jarohatlarini olgan o‘smirlar shifoxonaga yotqizilgan.