Uzbek Tigers yarim professional boks klubi Jahon boks seriyasi (WSB) VIII mavsum beshinchi va oltinchi turlari doirasida Caciques Venezuela jamoasiga qarshi ikki uchrashuvda g‘alaba qozondi va turnir pley-off bosqichiga chiqdi.

Soledad va Termizda 7 aprel kuni «Alpomish» sport majmuasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar 5:0 va 4:1 hisobida yakunlandi.

Birinchi bo‘lib ringga C1 guruhi sportchilari chiqdi. O‘zbek bokschilari barcha bahslarda g‘alaba qozondi.

C1 juftliklari ro‘yxati

49 kg: Nodirjon Mirzaahmedov — Polanko Vaskes — (diskvalifikatsiya — video);

56 kg: Shaxobidin Zoirov — Yoel Rivas — 3:0 (49/46, 49/46, 48/47 — video);

64 kg: Aliyor Noraliyev — Kristian Palasio — 3:0 (50/45, 49/46, 50/45 — video);

75 kg: Isroil Madrimov -Gonsales Keyber — 3:0 (50/45, 50/43, 50/41 — video);

91 kg: Sanjar Tursunov — Xuan Bello Dias — 3:0 (50/42, 50/44, 50/43 — video).

Barcha C1 janglari videosi

C2 guruhi bokschilari bellashuvlarida «O‘zbek yo‘lbarslari» foydasiga ikki diskvalifikatsiya va bir nokaut yozildi. Mezbonlar faqatgina bir jangda g‘alaba qozondi — Gabriel Maestre Mahmud G‘oipovdan ustun keldi.

C2 juftliklari ro‘yxati

52 kg: Jasurbek Latipov — Xesus Roxas (diskvalifikatsiya);

60 kg: Shunqor Abdurasulov — Luis Kabrera — 2:1 (48/47, 48/47, 46/49);

69 kg: Mahmud G‘oipov — Gabriel Maestre — 0:3 (47/48, 46/49, 47/48);

81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev — Nalek Korbax (jangni davom ettirishdan bosh tortish — video);

+91 kg: Bahodir Jalolov — Yordan Ernandes (2- raundda nokaut).

Barcha C2 janglari videosi

Guruh bosqichi yakunlari bo‘yicha «O‘zbek yo‘lbarslari» «A» guruhida 13 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. Kubaliklar ikkinchi (12), kolumbiyalik bokschilar uchinchi (7) hamda venesuelalik sportchilar to‘rtinchi (4) pog‘onani band etgan. Colombia Heroicos va Cuba Domadores jamoalari 13 aprel kuni o‘zaro jang olib borishlari lozim. Shunda Uzbek Tigers jamoasining jadvaldagi yakuniy o‘rni ma’lum bo‘ladi.