Juma kuni Toshkentdagi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida harakat yo‘nalishlarini ajratib turuvchi metall to‘siqlarni olib tashlash ishlari boshlandi.Avvalroq boshqa markaziy ko‘chalar — Mustaqillik, Shota Rustavelli, Shahrisabz va Navoiy (qisman) ko‘chalarida ham ajratuvchi to‘siqlar demontaj qilingan edi.

Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi to‘siq 2015 yilda, O‘zbekiston poytaxti Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rayotgan vaqtda o‘rnatilgan edi.

2017 yil bahorida bu kabi to‘siqlar ayniqsa chorrahalar, aylanish yo‘llari va boshqarilmaydigan piyodalar o‘tish yo‘llarida piyodalar va haydovchilarga katta tahdid tug‘dirishi tan olingan edi.

Fotosurat 2016 yili Mirzo Ulug‘bek ko‘chasining Mirzo Ulug‘bek tumani IIB qarshisida olingan.

4 aprel kuni poytaxtdagi Amir Temur ko‘chasida boshqarilmaydigan o‘tish joyida avtomashina ayol kishini urib yuborgan, oqibatda piyoda hayotdan ko‘z yumgan. Sentyabrda xuddi shu ko‘chada erkak kishi ham mashina urishidan vafot etgan. Biroq, shunga qaramasdan, ushbu xavfli hududda bu kabi hodisalar xavfini kamaytirish bo‘yicha hech qanday ish amalga oshirilmadi.