«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan hamkorlikda yarim soatda tayyorlanadigan taomnomalar ro‘yxatini taqdim qiladi.

Dushanba

«Dangasa» tovuq oyoqchalari

Bu eng sodda retseptlardan biri bo‘lib, bu taom uchun tovuq go‘shtini oldindan marinadlab qo‘yish shart emas. Faqatgina ba’zi masalliqlarni tayyorlab olamiz va tovuq oyoqchalariни gaz pechiga qo‘yib pishiramiz. O‘zimiz esa qolgan ishlarimiz bilan bemalol shug‘ullanaveramiz.

Koreyscha ismaloqli salat

Asosiy taomingiz tayyor bo‘lgunicha, ismaloqli mazali va juda foydali salat tayyorlashingiz mumkin. Achchiq ta’mga ega bu salat har qanday taom bilan ham yaxshi yeyiladi.

Seshanba

Mol go‘shtidan stir-fray

Stir-fray deb katta tovada tezda pishiriladigan go‘sht va sabzavotlardan tayyorlanilgan taomga aytiladi. Bu usulda pishirilgan taomning barcha vitaminlari saqlanib qolinadi.

Rukkola, rediska va pomidorlardan salat

Bu salatнинг asosiy masalliqlarini rukkola ko‘kati, pomidor va rediska tashkil qilib, ular birgalikda ajoyib uyg‘unlikni tashkil qiladi. Agar bu salatga kedr yong‘oqlarini qo‘shsangiz, yanada xushta’m salatga ega bo‘lasiz.

Chorshanba

Pomidor va ismaloq qo‘shib tayyorlangan pasta

Pomidor va ismaloqdan tayyorlangan pasta — yorqin ko‘rinishi bilan ishtahani ochsa, go‘shtsiz pishirilishi esa bizni quvontiradi. Pastani ta’bingizga qarab, xohlaganingizni tanlashingiz mumkin.

Tovuqli pashot salati

To‘yimli taom bilan iste’mol qilish uchun tuxumli pashot salati ayni muddao. Salatga ishlatiladigan tuxumni esa mikroto‘lqinli pechda bir pastda tayyorlash mumkin.

Payshanba

Tovuq go‘shtidan tayyorlanilgan kapreze taomi

Bu gaz pechida tezda tayyorlaniladigan kapreze taomi bo‘lib, pishloq va pomidorlar qo‘shilganligi sabab ham tovuq go‘shti juda sersuv bo‘lib pishadi.

Pomidor va qo‘ziqorinli iliq salat

Tovuqli taomingiz tayyor bo‘lgunicha, qo‘ziqorinlardan tayyorlaniladigan ajoyib salat tayyorlab olishingiz mumkin. Bu salatni tayyorlash sizdan bor-yo‘g‘i 15 daqiqa vaqtingizni talab qiladi.

Juma

«Alfredo» qaylali pasta

To‘yimli va qaymoqli bu pasta, gollivud yulduzlarining sevimli taom sanalar ekan. Bu taomni tayyorlashda pasta bilan qaylani bir vaqtda tayyorlash juda muhim.

Qizil baliq va bedana tuxumlaridan salat

Qizil baliqdan tayyorlanilgan yengilgina bu salat bu pasta bilan yaxshi ketadi. Tuxum qaynagunicha ko‘kat va baliqni tayyorlab olishingiz mumkin.

Bundanda ko‘p retseptlar bilan esa Zira.uz sahifasida tanishishingiz mumkin.

Veb-sahifa: zira.uz

Facebook: fb.com/zirauz

Instagram: @zirauz

O‘zbek tilidagi Telegram kanal: t.me/zirauzuz
Rus tilidagi Telegram kanal: t.me/zirauz

Tahririyat telefon raqami: +998 99 837 15 15