Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidagi 1-bolalar bog‘chasining bir qator xodimlari tarbiyachilarga tushlikni o‘z vaqtida bermagani bilan bog‘liq hodisadan so‘ng vazifasidan ozod qilindi, deya xabar qildi O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

2 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda tushlik kechikkani uchun bolalar och holda uxlab qolgani tasvirlangan

tarqaldi. Vazirlik tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv video bolalar bog‘chasining 20 yoshli tarbiyachisi Z.M tomonidan olingani aniqlandi.

Rolik 2 aprel kuni 11:20 da 1-bolalar bog‘chasining yozgi oshxonasida yozib olingan. Shu kuni go‘sht o‘z vaqtida yetkazib berilmagani sababli tushlik vaqtida tayyorlanmagan, deyiladi xabarda.

Shu bois, o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragani va bog‘cha yozgi oshxonasida antisanitariya holatlarini keltirib chiqargani uchun 1-MTM omborchisi Alisher Ahmedov, bosh oshpaz Ulug‘bek Jalilov hamda oshpaz Abdujalil Sultonov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Shuningdek, o‘z ishida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun muassasa mudirasi S.Abdullayeva egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Vazirligi har bir noqonuniy xatti-harakat yuzasidan o‘z munosabatini bildirib, mas’uliyatsiz xodimlarga keskin chora ko‘rilishi haqida yana bir bor ogohlantirdi.