Gazeta.uz va Zira.uz pazandachilik sahifasi o‘quvchilarga sotuvga qo‘yilgan yangi mahsulotlar to‘g‘risida so‘zlaydi.

Chocotella Dark — klassik shokoladli pastasiChococream savdo belgisi o‘zining yangi Chocotella Dark mahsulotini sotuvga chiqardi. Uning tarkibi quyidagilardan iborat: shakar, maxsus o‘simlik yog‘i, tabiiy kakao kukuni, yog‘li va yog‘siz quruq sut kukuni, litsetin soyasi, bir turdagi tabiiy aromatizator. Bu shokoladli pasta o‘rtacha shirinlikda bo‘lib, achchiq ta’mli shokolad shinavandalariga yoqishi aniq.

«Korovka iz Korenovki» muzqaymoqlari

«Korovka iz Korenovki» taniqli brendi yaqinda o‘zining yangi mahsulotlarini sotuvga chiqardi. Yangi muzqaymoqlar Toshkentning savdo shoxobchalari peshtaxtalaridan o‘rin egalladi. Taqdim etilgan muzqaymoqlar bir necha turda bo‘lib, ta’m jihatidan bir-birini takrorlamaydi. Muzqaymoqning umumiy tarkibi quyidagilardan iborat: qaymoq, quyultirilgan sut va har xil mevali murabbolar.

«Sochnaya dolina — minyonlar» sharbatlari

«Sochnaya dolina» savdo belgisi yaqindagina yangi, yorqin ko‘rinishdagi sharbatlarni sotuvga chiqardi. Bu yangi mahsulot 5 xil ta’mdagi ko‘rinishlarda bo‘lib: 100 foiz tabiiy olma, shaftoli, o‘rik, olcha, shuningdek banan qo‘shilgan multivali sharbatlardan tayyorlanilgan.

Pie Republisdan xandon pistali chizkeyk va sabzili shirinlik

Pie Republis o‘zining ikki xil yangi, ajoyib ko‘rinishdagi pishiriqlari bilan ko‘pchilikni xursand qildi. Ular xandon pistali chizkeyk va sabzili pishiriq bo‘lib, tarkibi quyidailardan tashkil topgan:

Xandon pistali chizkeyk: xandon pista-bodomli biskvit, xandon pistaliu pishirilgan chizkeyk, ustidan pishloq-xandon pistali muss va olchali konfi.

Carrot sabzili pishirig‘i: muss krem-chiz, oq shokoladdan ganash va sabzili sharbat, sabzi-yong‘oqli biskvit, ustidan quritilgan sabzi bo‘lakchalari.

VitaBoom — shokoladli pastasi

Yaqindagina o‘zimizda ishlab chiqarilgan yangi mahsulot — Vita Boom quritilgan mevalar qo‘shib tayyorlanilgan shokoladli pastasi sotuvga chiqdi. Mahsulot quyidagilardan tarkib topgan: shakar, o‘simlik yog‘i, yog‘sizlantirilgan kakao, quruq sut, laktoza, quruq zardob, soya letsitini, mayiz, yong‘oq, funduk, bodom va keshyu. Shokoladli pasta o‘rtacha shirinlikda bo‘lib, darrov me’daga tegib qolmaydi.

Yanada ko‘proq yangiliklarni Zira.uz sahifasidan topishingiz mumkin.

Bizning elektron manzil: info@zira.uz

O‘zbek tilidagi telegram kanali: t.me/zirauzuz

Rus tilidagi telegram kanali: t.me/zirauz

Instagram:https://www.instagram.com/zirauz/

Facebook:https://www.facebook.com/zirauz/

Tahririyat telefon raqami: +998 99 837 15 15