4 aprel kuni 18:39 da Rossiyaning Izobilnenskiy okrugidan o‘tgan «Stavropol-Novoaleksandrovsk» avtomobil yo‘lida «VAZ-2101» avtomobili va Isuzu yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Avariya oqibatida to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar qildi mamlakat FVV.

Halok bo‘lganlar ro‘yxati

  • Shuhrat Jumaqulov, 1983 y. t.
  • Mirjalol Tog‘ayev, 1991 y. t.
  • Muxritdin Qarshiyev, 1995 y. t.
  • Bahrom Yunusov, 1988 y. t.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar Jizzax viloyati Zomin tumanidan. Ularning jasadlari Izobilniy shahar markaziy shifoxonasiga yetkazilgan.

Hodisa haqida O‘zbekiston FVV koll-markaziga ayni paytda Rossiyada bo‘lib turgan A.Boymatov ma’lum qilgan.