2 aprel kuni 9:55 da Navoiydagi «Qizilqumsement» zavodida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot xizmati. Hodisa ro‘y bergan vaqtda zavod ta’mirlash ishlari o‘tkazilayotgani sababli vaqtincha ishlamayotgan edi.

Yong‘in natijasida sovutish uskunasining ichki qismiga zarar yetgan.

Korxona ishchilaridan Sh. Primov (1967 y. t.) va S. Ikromov (1960) turli darajadagi kuyish jarohatini olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ayni paytda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

1977 yilda qurilgan «Qizilqumsement» mamlakatdagi yirik sement zavodlaridan biri hisoblanadi.