Yevropa Chempionlar Ligasining ¼ finali dastlabki qarama-qarshiliklarida Yuventus o‘z uyida Real Madridga yirik — 0−3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va 2013 yildan buyon Yevrokuboklar doirasidagi uy o‘yinlarida ko‘rsatib kelayotgan mag‘lubiyatsiz seriyasini yakunladi. 3- daqiqada Iskoning uzatmasidan so‘ng 7- raqamli Real Madrid futbolchisi kiritgan tezkor gol uzoq muddat tabloda porlab turgan bo‘lsa, ikkinchi taymda aynan portugaliyalik qahramonning o‘zi hisobni 64-daqiqada o‘zgartirib qo‘ya qoldi. Daniel Karvaxalning havodagi uzatmasini kutib turgan Ronaldu qaychi uslubida zarba berib, to‘pni darvozaga joyladi. Shu kunlarda bedor yurgan Janluiji Buffon ham, biankoneri muxlislari ham kiritilgan golga tan berdilar. 33 yoshga kirgan bo‘lsa-da hamon giperfaol Ronalduning uzatmasidan so‘ng Marselo 72 daqiqada o‘yinga uzil-kesil nuqta qo‘ydi. Yakuniy hisob — 0−3.


Foto: thesportsdaily.com

Ramon Sanches Pisxuan stadioniga yig‘ilgan 40 mingdan ziyod muxlislar qarshisida grand jamoaga qarshi yaxshi pressing olib borayotgan, 32-daqiqada Pablo Sarabiyaning goli evaziga hisobda oldinga o‘tib olgach, 37-daqiqagacha g‘alabaga tobora ishonchi ortib borayotgan Sevilya dastlab Xesus Navasdan avtogol, so‘ng Alkantaraning roxiblankoslar darvozasi tomon bosh bilan yo‘llagan ajoyib zarbasi oqibatida 1−2 hisobida Bavariyaga mag‘lub bo‘lishdi.

Javob o‘yinlarida 11- aprel kuni Madriddagi Santyago Bernabeu stadionida Real Madrid mo‘'jazgina keyingi bosqichga olib chiqishi mumkin bo‘lgan Yuventusni qabul qilsa, Myunxendagi Alyans Arena stadionida Bavariya Sevilya jamoasini qayta imtihondan o‘tkazadi.


Foto: WSTale.com

Yuventus (Turin, Italiya) 0 — 3 Real Madrid (Madrid, Ispaniya) | “Yuventus” stadioni, Turin. 40849 tomoshabin.

Yuventus tarkibi: 1. Janluiji Buffon (darvozabon), 3. Jorjio Kellini, 15. Andrea Barsali, 12. Aleks Sandro, 2. Mattia De Shilo, 6. Sami Xedira (75- daqiqada Xuan Kuadrado bilan almashtirildi), 22. Kvadvo Asamoa (69-daqiqada Mario Mandjukich bilan almashtirildi), 11. Duglas Kosta (69-daqiqada Blez Matyuidi bilan almashtirildi), 30. Rodrigo Bentankur (sariq kartochka, 27'), 9. Gonsalo Iguain, 10. Paulo Dibala (sariq kartochka 45', 66″, maydondan chetlatildi)

Bosh murabbiy: Massimiliano Allegri

Real Madrid tarkibi: 1. Keylor Navas (darvozabon) 4. Serxio Ramos (sariq kartochka, 55'), 12. Marselo (Gol muallifi, 72'), 5. Rafayel Varan, 2. Daniel Karvaxal, 8. Toni Kroos, 10. Luka Modrich (82- daqiqada Mateo Kovachich bilan almashtirildi, 88- daqiqada Kovachichda sariq kartochka), 14. Kazemiro, 22. Isko (75- daqiqada Marko Asensioga almashtirildi), 9. Karim Benzema (59- daqiqada Lukas Vaskesga almashtirildi), 7. Krishtianu Ronaldu (Gol muallifi — 3', 64'')

Bosh murabbiy: Zinedin Zidan

Bosh hakam: Juneyt Chaqir (Turkiya)

Sevilya (Sevilya, Ispaniya) 1 — 2 Bavariya (Myunxen, Germaniya) | Ramon Sanches Pisxuan stadioni, Sevilya. 40 635 tomoshabin.

Sevilya tarkibi: 13. David Soriya (darvozabon), 4. Simon Ker, 18. Serxio Eskudero, 5. Kleman Langle, 16. Xesus Navas (Avtogol muallifi 37'), 15. Stiven N’Zonzi, 17. Pablo Sarabiya (Gol muallifi 32'), 22. Franko Vaskes, 11. Xoakin Korrea (sariq kartochka 15', 78- daqiqada Sandro Ramires bilan almashtirildi), 14. Gvido Pisarro (sariq kartochka 90'), 9. Vissam Ben-Yedder (80- daqiqada Luis Muriyel bilan almashtirildi)

Bosh murabbiy: Vinchenso Montella

Bavariya tarkibi: 26. Sven Ulrayx (darvozabon), 5. Mats Xummels, 17. Jerom Boateng, 14. Xuan Bernat (sariq kartochka 34', 46- daqiqada Rafinya bilan almashtirildi), 7. Frank Riberi (sariq kartochka 13', 79- daqiqada Aren Robben bilan almashtirildi), 8. Xavi Martines, 23. Arturo Vidal (36 daqiqada Xames Rodriges bilan almashtirildi), 6. Tyago Alkantara (Gol muallifi 68'), 32. Joshua Kimmix, 25. Tomas Myuller (sariq kartochka 85'), 9. Robert Levandovskiy

Bosh murabbiy: Yupp Xaynkes

Bosh hakam: Daniele Orsato (Italiya)