1 aprel kuni 22:00 da Toshkentning Chilonzor tumani 17-mavzesi 1-uy yaqinida yangi tug‘ilgan chaqaloq topildi, deya xabar qildi IIV matuot xizmati.

Yo‘rgakka o‘ralgan qiz chaqaloqning tug‘ilganiga 7−10 kun atrofida bo‘lgan. Go‘dak Uchtepa tumanidagi «Ona va bola» shifoxonasiga yotqizildi.

Huquqni muhofaza qilish organlari go‘dak onasi shaxsini aniqlash bo‘yicha choralarni amalga oshirmoqda. Tergov davom etmoqda.