Samarqandda ta’lim rus tilida olib boriladigan uchta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi ish boshladi, deya xabar qildi Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

"Mingtut" mahallasida ta’lim rus tilida olib boriladigan 120 o‘rinli «Skazochnaya strana» bolalar bog‘chasi ish boshladi.

«Lolazor 2» mahallasida esa «Umka N» MTM ochildi. Bu yerda ta’lim ham rus, ham o‘zbek tillarida olib boriladi. 70 o‘ringa mo‘ljallangan bolalar bog‘chasi 15 nafar bolani qabul qildi.

«Siyobcha» mahallasida 70 o‘ringa mo‘ljallangan Advantage Smart Kids deb nomlangan bolalar bog‘chasi faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Hozirda bu yerda 35 bola tarbiya olmoqda. Ta’lim rus tilida olib boriladi.

Shunday qilib, Samarqandda endi 12 ta nodavlat MTM faoliyat ko‘rsatmoqda. Viloyatda yil oxiriga qadar 50 ta xususiy bolalar bog‘chasi ochish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, vazirlikdan xabar qilinishicha, Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida har biri 50 o‘ringan mo‘ljallangan uchta davlat bolalar bog‘chasi ochildi. Ular «Jumaboy», «Navbahor» va «Mundiyon» mahallalari aholisiga xizmati qiladi.