31 mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Belarusning favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Leonid Marinichni qabul qildi, deya xabar berdi TIV matbuot xizmati.

Elchi ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari, jumladan oliy va yuqori darajalarda bo‘lajak O‘zbekiston-Belarus uchrashuvlari bilan bog‘liq mavzular ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston elchixonasining Minsk shahrida faoliyat boshlashining amaliy jihatlari muhokama qilindi.