Podpolkovnik Doniyor Kadirov O‘zbekiston IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi, deya xabar qildi IIV sayti.

Podpolkovnik Zokirdon Axadov boshliqning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.
Terrorizm va ekstremizga qarshi kurash bosh boshqarmasi prezidentning o‘tgan yil apreldagi farmoni bilan Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi bazasida tashkil etilgan edi.