«Suvsoz» korxonasi bahor-yoz mavsumiga tayyorgarlik va ta’mirlash profilaktika ishlari boshlanishi munosabati bilan 28−30 mart kunlari Toshkentning bir qator tumanlarida suv quvurlari tarmoqlarida bosimni pasaytirish va sovuq suvni o‘chirish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. Ishlar 28 mart soat 9:00 dan 30 mart soat 9:00 gacha olib boriladi.

Suv o‘chirilishi

Olmazor tumani: Chustiy mahallasi B-1 massiv, Alisher Navoiy mahallasi B-3 massiv, Beruniy maydoni mahallasi, Xonchorbog‘, Aloqa, Forobiy, Chimboy-2, Qorasaroy, Guzarboshi, Qo‘shtut, Allon, Eski shahar, Qumloq, Hofiz Ko‘hakiy, Abu Bakir, Istiqlol mahallalari, Abdulla Qodiriy ko‘chasi — Sebzor ko‘chasidan Forobiy, Chig‘atoy darvoza, Mirzo G‘olib ko‘chalarigacha, Beruniy ko‘chasidagi non zavodi, Talabalar shaharchasi.

Shayxontohur tumani: S-26, 27, 28, Gulobod, Bog‘ko‘cha, Sarxumdon, Qoratosh, Chaqar, Chorsu, Yangi Kamolon, Huvaydo, Gulbozor, Suzukota, Islamobod, Oqlon, Shofayz, Yangishahar, Obinazir, Ko‘hota, O‘zbekiston, Taxtapul, Katta hovuz mahallalari, 1-sonli bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Navoiy ko‘chasidan — Samarqand Darvoza, Termiz ko‘chalarigacha, Toshkent davlat sirki, Chorsu bozori, JAR sport majmuasi, Abror Hidoyatov teatri, Milliy akademik drama teatri.

Suv o‘chiriladigan joylarga suv tashuvchi yuk mashinalari yuboriladi.

Suv bosimi pasaytiriladi

Olmazor tumani: Bobojonov ko‘chasi, Nodira.

Shayxontohur tumani: S-15, Beshyog‘och massivi, Ko‘hota mahallasi, 3-tuman qozonxonasi.

Uchtepa tumani: 5-tuman qozonxonasi, Shayxzoda ko‘chasi, Farhod, Qurilish, Lutfiy ko‘chasi — Farhod ko‘chasi, Hirmontepa ko‘chasi, Shirin ko‘chasi.

Ma’lumot uchun telefonlar:

Olmazor tumani: 246−99−57.

Shayxontohur tumani: 273−52−39; 273−52−49.

Uchtepa tumani: 274−83−45.

Markaziy dispetcherlik xizmati: 1054, 256−10−95.