26 martga o‘tar kechasi Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Chopar pitssaxonasi va Les Ailes kafesi filialida yong‘in sodir bo‘ldi.

Ichki ishlar organlari xodimining «Gazeta.uz» muxbiriga ma’lum qilishicha, yong‘inga pitssaxonadagi elektr simlarining nosozligi sabab bo‘lgan, shundan so‘ng olov Les Ailes binosiga ham o‘tgan.

«Kechasi Les Ailes qo‘riqchisi yong‘in signalizatsiyasi eshitgan. U Chopar`da sim yonayotganini ko‘rgan, biroq u yerga kira olmagan. U darhol o‘t o‘chiruvchilarni chaqirgan», — dedi suhbatdosh.

2:00 da boshlangan yong‘inni o‘chirish uchun o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan. Yong‘in 2:20 da bartaraf etilgan. Jabrlanganlar yo‘q.