Jinoyat kodeksining 159- (konstitutsion tuzumga tajovuz qilish) va boshqa moddalari bo‘yicha turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan besh fuqaro fevral-mart oylarida jazoni ijro etish muassasalaridan chiqarildi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy sudining rasmiy vakili Aziz Obidov «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

2013 yilning 27 dekabrida 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan Namangan viloyatida istiqomat qiluvchi Qudratbek Rasulov, 2010 yilning 18 yanvarida 9 yil, 4 avgustida esa 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan Qashqadaryo viloyatida istiqomat qiluvchi 1964 yilda tug‘ilgan G‘aybulla Jalilov, 2013 yil 8 fevralida 10 yil muddatga ozodlikda mahrum etilgan Qashqadaryo viloyatida istiqomat qiluvchi Cho‘yan Mamatqulov jazoni ijro etish mahkamasidan ozod qilindi.

Shuningdek, 2002 yil 17 sentyabrda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan Qashqadaryo viloyatida istiqomat qiluvchi Yuldash Rasulev, 2003 yil 18 fevralda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan Samarqand viloyatida istiqomat qiluvchi 1979 yilda tug‘ilgan G‘ayrat Mixliboyev ham jazoni ijro etish mahkamasidan ozodlikka chiqdi.