Yakshanba kuni Kemerovodagi (Rossiya) to‘rt qavatli «Zimnyaya vishnya» savdo-ko‘ngilochar markazida sodir bo‘lgan yong‘in natijasida 48 kishi hayotdan ko‘z yumdi, ularning 9 nafari bolalardir. 16 kishi bedarak yo‘qolgan, deb e’lon qilindi, deya xabar berdi RIA Novosti.

FVV ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in bir qancha kinozallar va attraksionli bolalar maydonchalari joylashgan yuqori qavatda kelib chiqqan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, binoda attraksionlardan biri yongan.

Kemerova viloyatida favqulodda holat e’lon qilindi. Qidiruv-qutqaruv ishlarini o‘tkazish yong‘inni o‘chirishga 600 dan ortiq kishi va 124 ta texnika jalb qilindi. Kemerovoga Moskva va boshqa hududlardan qutqaruv kuchlari yetib keldi.