Hojatxona o‘rasiga tushib ketgan telefonni chiqarib olishga uringan ikki kishi halok bo‘ldi, bir kishi zaharlandi. Hodisa 25 mart kuni 22:00 da Namangan viloyatining Pop tumanida sodir bo‘ldi, deya xabar qildi O‘zbekiston IIV.

1986 yilda tug‘ilgan B.Rahmatov uyi hovlisida joylashgan hojatxonasiga tushib ketgan iPhone smartfonini olish maqsadida qo‘shnisi, shu ko‘chada yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan E.Niyazovni yordamga chaqirib, B.Rahmatov arqon yordamida hojatxona ichiga tushgan va hushini yo‘qotgan.

E.Niyazov B.Rahmatovni qutqarish maqsadida hojatxona ichiga tushganida u ham hushini yo‘qotadi. Shundan so‘ng B.Rahmatovning otasi, 1956 yilda tug‘ilgan H.Rahmatov ularni qutqarish maqsadida ular ortidan tushib, is gazidan zaharlanadi.

Hodisa joyiga yetib kelgan FVV xodimlari uch erkakni hojatxona o‘rasidan chiqarib oldi. E.Niyazov va B.Rahmatov zaharlanib, voqea joyida halok bo‘ldi. H.Rahmatov esa kasalxonaga yotqizilgan.

Ayni paytda surishtiruv ishlari olib bormoqda.