O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kemerovo shahrida ro‘y bergan yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik maktubi yo‘lladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Shavkat Mirziyoyev o‘z maktubida Rossiya xalqi, marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 53 kishi, jumladan 9 bola yong‘in qurboni bo‘ldi, 16 kishi bedarak yo‘qolgan deya e’lon qilindi.