Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga fohishaxonalarga tashrif buyurganlik uchun javobgarlikni belgilovchi qo‘shimcha modda kiritish taklif qilinmoqda. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining o‘zgartish kiritish bo‘yicha loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Taklif etilayotgan 190−1 moddasida jinsiy ehtiyojni qondirish maqsadida fohishaxonalarga tashrif buyurish — eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida jarimaga tortilishga olib kelishi belgilangan.

Ayni paytda kodeksda fohishalik bilan shug‘ullanganlik uchun EKOIHning 1 dan 3 baravarigacha, jarima qo‘llanilganidan so‘ng bir yil davomida takroran sodir etilgan qonunbuzarlik uchun esa EKOIHning 3 dan 5 baravarigacha jarimaga tortilishi belgilangan.

Shuningdek, MJTKga ma’muriy sud «Fohishalik bilan shug‘ullanish» va «Fohishaxonaga tashrif buyurish» moddalariga ko‘ra huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga jarima belgilash bilan birgalikda «tibbiy xarakterdagi majburiy choralar"ni qo‘llashni ko‘zda tutuvchi 39−1 qo‘shimcha moddani kiritish rejalashtirilmoqda. Bu yerda gap teri-tanosil kasalliklari mavjudligini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikning belgilanishi hamda ular topilgan taqdirda ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarida majburiy statsionar davolash majburiyligi haqida bormoqda.