20 mart kuni «Toshkent-Urganch» va «Toshkent-Nukus-Qo‘ng‘irot» yo‘lovchi poyezdlari yangi «Buxoro-Miskin» temir yo‘l tarmog‘i bo‘ylab harakatlanishni boshladi, deya xabar qildi «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi. Natijada yo‘lga sarflanadigan vaqt 2 soatga qisqardi.

Xuddi shu liniyadan «Toshkent-Saratov», «Toshkent-Volgodrad», «Olmaota-Nukus», «Andijon-Urganch» va «Nukus-Urganch-Termiz» poyezdlari ham harakatlanadi.

355 km lik «Buxoro-Miskin» tarmog‘i qurilishi 2016 yilning dekabrida boshlangan edi. 2017 yil 1 dekabr kuni u foydalanishga topshirildi va u bo‘ylab ilk yuk tarkibi o‘tdi.

Yangi yo‘l ishga tushirilishi bilan Toshkent va Urganch o‘rtasidagi masofa 75 km ga qisqardi. Bunga qadar poytaxtdan Xorazm viloyati ma’muriy markaziga yo‘l olgan poyezdlar «Navoiy-Uchquduq-Misken» yo‘nalishi bo‘ylab harakat qilgan.

Liniyani ishga tushirish jarayonida 121 ta sun’iy inshoot, 12 ta ko‘prik va 6 ta yo‘l o‘tkazgich, shuningdek 5 ta yangi stansiya (Yangiobod, Tuztepa, Uchachiq, Suzakdor, Dovtepa) va 5 ta raz’ezd (Mashak, Azanir, Alabug‘a, Jakasay, Aqchuka) bunyod etildi.

Kelajakda yangi temir yo‘l bo‘ylab tezyurar Afrosiyob poyezdlari harakati yo‘lga qo‘yiladi.