20 mart kuni Toshkentda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan Yengil atletika federatsiyasi va ProRun yugurish maktabi ko‘magida ilk bor Navro‘z Marafoni yarimmarafoni o‘tkazildi.

Bir necha yuz kishi tanlov bo‘yicha 21 km, 3 km va 2018 m ga yugurish uchun poytaxtning markaziy ko‘chalariga chiqdi.

Yugurishlarda odamlar turli yosh va turlicha tayyorgarlik darajasiga ega — professional sportchi va havaskor sifatida ishtirok etdi. Ko‘pchilik uchun bu hayotidagi birinchi yarimmarafon bo‘ldi. Paralimpiyachilar ham qisqa masofada yugurdi.

21 km masofada erkaklar o‘rtasida Shoxruh Davlatov, ayollar o‘rtasida esa Tamila Qo‘chqorova g‘alaba qozondi.

Foto