Toshkent metropolitenining O‘zbekiston yo‘nalishidagi «Beruniy» metro stansiyasida ayol kishi o‘z joniga qasd qilishga urindi, deya xabar berdi poytaxt metropolitenidan «Gazeta.uz"ga.

Hodisa 19 mart kuni 18:58 da poyezd oxirgi bekatga tunneldan chiqib kelayotganda sodir bo‘ldi.

«U relslar o‘rtasiga yiqilib tushdi, hech qanday jarohat olmadi. Hozir u eski ToshMI da (Toshkent tibbiyot akademiyasi — tahr.)», — dedi metro navbatchilik qismi xodimi.

Ichki ishlar organlari xodimlari ayolning shaxsini aniqlagani yo‘q. «U xalatda va shippaklarda edi. Biz bilan suhbatlashishdan bosh tortdi. Hozircha uning shaxsini aniqlaganimizcha yo‘q», — dedi metropoliten xizmatchisi.

Navbatchilik qismidan ma’lum qilinishicha, bu 2018 yilda metropolitendagi ikkinchi o‘z joniga qasd qilishga urinishdir. Fevral oyi boshida ayol kishi oilaviy muammolar sababli suiqasd qilishga harakat qilgan edi. «Odatda bir yilda ikki-uch marta bunday holatlar bo‘lib turadi», — dedi metropoliten vakili.