20 mart kuni Toshkentda O‘zbekistondagi birinchi «LUKOYL» avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, dey xabar qildi «LUKOYL O‘zbekiston» Gazeta.uz"ga.

AYOQSH uchun benzin va dizel yonilg‘isi «LUKOYL» kompaniyasining Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlaridan keltiriladi. O‘zbekistonda yonilg‘ining chakana savdosi bilan «LUKOYL O‘znefteprodukt» sho‘’ba korxonasi shug‘ullanadi.

Stansiyada 92 (6900 so‘m) va 95 (7500 so‘m) markali benzin hamda dizel yonilg‘isi (7000 so‘m) sotilmoqda. Barcha mahsulotlar Yevro-5 Yevropa standartlariga mos keladi. Mijozlar «LUKOYL» moylarini ham xarid qilishlari mumkin.

Avtostansiyada kafe va do‘kon ham faoliyat ko‘rsatmoqda . AYOQSH mijozlariga internetga ulanish uchun bepul Wi-Fi mavjud.