21 mart kuni Toshkentning 21 joyida Navro‘zga bag‘ishlangan bayram tadbirlari va xalq sayillari bo‘lib o‘tadi. Poytaxt hokimiyati axborot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, ular 10:00 dan 18:00 ga qadar davom etadi.
Bayram tadbirlari bo‘lib o‘tadigan joylar ro‘yxati
- Shaharning asosiy sahnasi: «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazma majmuasi maydoni;
- Abdulla Qodiri" nomidagi istirohat bog‘i va Talabalar shaharchasi (Olmazor tumani);
- Furqat nomidagi istirohat bog‘i va «Temiryo‘lchilar» madaniyat saroyi (Mirobod tumani);
- G‘ofur G‘ulom nomidagi istirohat bog‘i va «Akva» bog‘i (Chilonzor tumani);
- Anhor Lokomotiv parki, «Navro‘z» bog‘i va «Ibn Sino» parki (Shayxontohur tumani);
- Toshkent hayvonot bog‘i oldidagi maydon (Yunusobod tumani);
- «Do‘stlik» istirohat bog‘i (Yakkasaroy tumani);
- «Ashxobod» parki va «Do‘stlik» istirohat bog‘i (Yashnobod tumani);
- «Lokomotiv» parki va Bobur nomidagi ekobog‘ (Mirzo Ulug‘bek tumani);
- «Yoshlar» parki va «Grin-park» (Sergeli tumani);
- Ekobog‘ va «Bog‘ishamol» bog‘i (Uchtepa tumani);
- «Quyoshcha nuri» parki (Bektemir tumani).