Toshkent IIBB YHXB bayram nishonlanadigan kunlarda (20−22 mart, soat 6 dan 21 gacha) archa turdagi transport vositalari uchun harakatni cheklash rejalashtirilayotgan ko‘chalar ro‘yxatini e’lon qildi.

Ko‘chalar ro‘yxati

  • Ko‘rgazma ko‘chasi — KXAY ko‘chasidan Korxoji ota ko‘chasiga qadar;
  • Sandiqqo‘rg‘on 4-tor ko‘chasi — KXAY ko‘chasidan Korxoji ota ko‘chasiga qadar;
  • Sandiqqo‘rg‘on 3-tor ko‘chasi — KXAY ko‘chasidan Korxoji ota 1-tor ko‘chasiga qadar;
  • A.Po‘lat ko‘chasi — Ko‘rgazma ko‘chasidan Iftixor ko‘chasiga qadar;
  • Usta Shirin ko‘chasi — Ko‘rgazma ko‘chasidan Iftixor ko‘chasiga qadar;
  • Korxoji ota 1-tor ko‘chasi — Ko‘rgazma ko‘chasidan Iftixor ko‘chasiga qadar;
  • Korxoji ota ko‘chasi — Ko‘rgazma ko‘chasidan Iftixor ko‘chasiga qadar;
  • Labzak ko‘chasi — Qodiriy ko‘chasidan Zulfiyaxonim ko‘chasiga qadar;
  • A.Qodiriy ko‘chasidan Labzak ko‘chasiga tushish yo‘li.

Xuddi shu kunlari bayram tadbirlari o‘tkaziladigan madaniyat va istirohat bog‘lariga tutash ko‘chalarda xalq sayli vaqtida vaziyat taqozo etganda transport vositalarining qatnovi vaqtincha to‘xtatilishi ham rejalashtirilmoqda.