«O‘zbekneftgaz» kompaniyasi 1 apreldan aholiga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz tariflari oshirilishi to‘g‘risida e’lon qildi. Yangi narxlar reyestri 16 mart kuni O‘zbekiston Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlandi.

Kelgusi oydan boshlab 10 metr kub tabiiygaz narxi hisoblagich bo‘lgan taqdirda 2897,4 so‘m (hozirda — 2634 so‘m, o‘sish — 10 foiz) bo‘ladi.

Hisoblagich bo‘lmagan taqdirda, ovqat tayyorlash va issiq suv ta’minoti uchun foydalaniluvchi 10 kub metr tabiiy gaz narxi 5010,6 so‘m (hozirda — 4555,9, o‘sish — 9,9 foiz), isitish tizimi uchun — 2323,7 so‘m (2112,45, o‘sish — 10 foiz) etib belgilandi.

Tariflarning to‘liq reyestri (PDF)

Oxirgi marta gaz va boshqa kommunal xizmatlar tariflari 2017 yil iyulida oshgan edi.