O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining sobiq boshlig‘i polkovnik Abdukarim Shodiyevning qo‘lga olingani haqidagi axborotlarni rad etdi.

«Polkovnik Abdukarim Abduraxmonovich Shodiyev 2017 yilning avgust oyidan buyon O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi fakultet boshlig‘i lavozimida xizmat faoliyatini davom ettirmoqda», — deyiladi vazirlikning rasmiy xabarida.

IIV Akademiyasi sayti ma’lumotlari bo‘yicha, Abdukarim Shodiyev kasbiy tayyorlash fakultetiga rahbarlik qilmoqda.

Fevral oxirida polkovnik Bahrombek Odilov IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangani xabar qilingan edi.