«O‘zbekenergo» kompaniyasi 1 apreldan elektr energiyasi tariflari oshirilishini ma’lum qildi. Yangilangan tariflar reyestri 14 mart kuni O‘zbekiston Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlandi.

Tariflar O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 noyabrdagi «Yonilg‘i-energetika resurslarini o‘z vaqtida ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq qayta ko‘rib chiqildi. Qarorda 1 apreldan elektr energiyasini 12 foizga va tabiiy gazni 10 foizga oshirish ko‘zda tutilgan edi.

Aholiga taqdim etilayotgan 1 kVt⋅s elektr energiyasi 204,3 so‘mdan 228,6 so‘mga, elektr plitalari bilan jihozlangan turar joylarda ea 102,15 so‘mdan 114,3 so‘mga oshiriladi.

Oxirgi marta elektr energiyasi va boshqa kommunal xizmatlar tariflari 2017 yil iyulida oshirilgan edi.

Yanvarda iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev yil davomida oylik maoshlar va nafaqalar miqdori adolatli miqdorda oshirilishini edi.