RIA Novosti — Jahonga taniqli ingliz fizik-nazariyotchisi Stiven Uilyam Xoking 76 yoshida vafot etdi, deya xabar qildi BBC.

Xoking — fizik-nazariyotchi, 10 million nusxada chop etilgan «Vaqtning qisqa tarixi» asari muallifi.

U kosmologik singulyarlikning vujudga kelishi — Borliqning dastlabki holati muammosini o‘rganish bilan shug‘ullangan. 1963 yilda 22 yoshli Xokingga yon amiotrofik skleroz xastaligi tashhisi qo‘yiladi. Shifokorlar uning ikki-uch yil yashashini tahmin qilishadi. Biroq ularning bashorati o‘zini oqlamadi. Olim ilmiy faoliyatini davom ettirib, ikki marotaba uylandi va uch bolaning otasi bo‘ldi.

Xoking to‘liq falaj holatda ham faol hayot kechirdi — ilm bilan shug‘ullandi, dars o‘tdi, ma’ruzalar qildi, dunyo bilan nutq kompyuter sintezatori orqali muloqot olib bordi.

2015 yilda Britaniyada olim hayotiga bag‘ishlangan «Stiven Xoking Borlig‘i» filmi efir yuzini ko‘rdi.