O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi delegatsiya 18 mart kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchilar sifatida ishtirok etadi, deya xabar qildi TIV matbuot xizmati.

O‘zbekiston delegatsiyasiga Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasining deputatlari, Jizzax va Toshkent viloyatlari hokimlarining o‘rinbosarlari kiradi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov delegatsiyaning boshqa a’zolari bilan birga MDH va SHHT kuzatuvchilari missiyalari tarkibida saylovda ishtirok etadi.