O‘zbekiston Bosh prokuraturasi InFinBANK aksioneri Farhod Mamajonovning qo‘lga olingani va mol-mulki musodara qilingani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Xabarda qayd etilishicha, avvalroq internetda O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashitjon Qodirovga nisbatan Bosh prokuratura tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha Farhod Mamajonov ushlanganligi va uning mol-mulklari olib qo‘yilganligi to‘g‘risida xabar tarqatilgan.
Bosh prokuratura ushbu ma’lumot haqiqatga muvofiq emasligini ma’lum qildi.

12 mart kuni InFinBANK bank kengashi raisi Maqsud Abdusamadov nomidan bankda hech qanday tekshiruv yoki reviziya o‘tkazilmagani xabar qilingan edi.