O‘zbekiston sport ob’ektlarida yaqin vaqtlarda oilaviy sektorlar paydo bo‘ladi. Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, Futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov ushbu tashabbus bilan chiqdi.

O‘FA matbuot xizmatining xabar qilishicha, bolali ishqibozlar uchun sektorlar asosan futbol uchrashuvlari o‘tkaziladigan stadionlarda tashkil etiladi. Shundan so‘ng yangilikni boshqa sport majmualariga ham tatbiq etish rejalashtirilmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, bu ham respublikada sportni ommalashtirishga qaratilgan qadamlardan biridir. Hozirda oilaviy sektorlar Toshkentning «Lokomotiv» futbol klubi stadionida mavjud.