Toshkentda Hyundai avtomobilini 96 km/s tezlikda haydab kelayotgan 26 yoshli haydovchi jarimaga tortildi. Bu haqda Toshkent IIBB YHXB saytida xabar qilindi. Yo‘l-patrul xizmati xodimlari qoidabuzarlikni Yunusobod tumani Abdulla Qodiriy ko‘chasida qayd etishdi.
O‘tgan hafta davomida (5−11 mart kunlari) YHXB xodimlari tomonidan jami 17901 ta qoidabuzarlik aniqlandi. Bulardan, qo‘pol qoidabuzarlik — 4895 ta, mast holda transport vositasini boshqarish — 169 ta, svetoforning qizil chirog‘iga bo‘ysunmaslik — 262 ta, belgilangan tezlikni oshirish bo‘yicha 1410 ta holat aniqlanib, huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Harakat xavfsizligining kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan hafta mobaynida 3408 ta yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlangan bo‘lib, shundan 1836 tasi svetoforning taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmaslik, 1572 tasi belgilangan tezlikni me’yoridan oshirish bilan bog‘liq.