O‘zbekiston Innovatsion rivojlantirish vazirligi barcha xohlovchilarni mamlakatda innovatsiyalarni joriy etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi"ga kiritish uchun takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlikka taklif etmoqda.

Sohani rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishga qiziqish bildirganlardan mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha choralarni ko‘rsatish mumkin bo‘lgan onlayn-formani to‘ldirishlari talab qilinadi.

Innovatsion rivojlantirish vazirligi prezidentning o‘tgan yil 29 noyabrdagi farmoni bilan tashkil etilgan.