O‘zbekiston «Tolibon» harakatidan mart oyida bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy aloqalar» Toshkent xalqaro anjumanida ishtirok etish to‘g‘risida murojaat qabul qilib olmadi, deya xabar qildi Tashqi ishlar vazirligi.

«Reyter» agentligining qurollangan afg‘on muxolifati, jumladan «Tolibon» harakati vakillarining ehtimoliy ishtiroki to‘g‘risidagi savolga javob qaytarar ekan, TIV murojaat na Afg‘oniston TIV, na to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelib tushmaganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston va Afg‘oniston tashabbusi bilan yuqori darajadagi anjumanga ishtirok etish uchun BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish va BMTning Afg‘onistondagi maxsus vakili Tadamiti Yamamota, Yevropa kengashining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy komissari Federika Mogerini, shuningdek Xitoy, Rossiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Turkiya, Hindiston, Eron, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari taklif qilingan.

12 martga qadar Afg‘oniston, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Turkiya TIV rahbarlari, YeI oliy vakili va Afg‘onistondagi BMT maxsus vakili forumda ishtirok etishini dastlabki tartibda tasdiqladi. AQSH nomidan davlat kotibining birinchi o‘rinbosari ishtirok etadi, deya xabar qildi TIV.

Forum qatnashchilari Afg‘oniston hukumati va «Tolibon» harakati o‘rtasida hech qanday shartlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tez orada boshlash zarurati haqida mintaqaviy va global darajadagi nuqtai nazarlarni bildirishlari kutilmoqda.

Konferensiya yakunlari bo‘yicha Toshkent deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilmoqda.