Toshkentda yo‘l-patrul xizmati inspektorlariga endilikda daraxtlar va boshqa ob’ektlar ortiga yashirinib xizmat vazifasini bajarish qat’iyan taqiqlandi.

Poytaxt IIBB YHXB saytida xabar qilinishicha, O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev ushbu topshiriqni berdi.

Eslatib o‘tamiz, IIV YHXBB vakillari daraxtlar ortiga yashirinib xizmat vazifasi qonunchilikka qay daraja mos kelishi to‘g‘risidagi savolga xodimlar ham ochiq, ham yashirin ishlash huquqiga ega, deya javob berilgan edi.

So‘nggi haftalarda poytaxt YHXB faoliyatida qator yangiliklar kuzatildi. Uzoq kutilgan to‘xtab turishni taqiqlovchi yo‘l belgilarini inventarizatsiyadan o‘tkazish, boshqarma saytini ochish, u orqali YHQ buzilishi holatlari tasvirlangan videoyozuvlarni yuborish mumkinligi katta o‘zgarishlardan bo‘ldi. Mahkamaning o‘zi internet foydalanuvchilari bilan faol aloqalarni yo‘lga qo‘ydi.