Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 10−11 mart kunlari Niderlandiyaning Eyndxoven shahrida bo‘lib o‘tgan Dutch Open ochiq chempionatida sakkiz medalni qo‘lga kiritdi.

MOQ matbuot xizmatining xabar qilishicha, o‘zbekistonliklar uchta oltin, to‘rtta kumush va bitta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

O‘smirlar o‘rtasida Madina Mannopova (-46 kg), Jasur Jaysunov (-63 kg) va Ulug‘bek Rashidov (-51 kg) musobaqa chempioni bo‘ldi. Ozoda Sobirjonova, Bekzod Ibragimov va Shahzod Jo‘rayev kumush medal sohiblariga aylanishdi.

Dmitriy Shokin (chapda) va Bahrom Abdullayev (o‘ngda). Foto: MOQ.

Dmitriy Shokin (+87 kg) finalda Janubiy Koreya vakili In Kyo Donga imkoniyatni boy berib (1:2), musobaqa vitse-chempioniga aylandi. Bahrom Abdullayev avstraliyalik Lyus Beylidan mag‘lubiyatga uchrab, bronza medali bilan cheklandi.

Turkiyadagi ochiq chempionatda O‘zbekiston vakillari to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi.