10 mart kuni Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida Afg‘oniston fuqarosi Muhammadsodiq Ro‘zigeldi o‘g‘li (1983 yilda tug‘ilgan) 20 kg 342 gr opiyni sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Olib qo‘yilgan giyohvandlik moddasi qo‘shni Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tgan, deya xabar qildi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Keng qamrovli tezkor-qidiruv tadbiri IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi tomonidan Milliy gvardiya va MXX Chegara qo‘shinlari hamkorligida o‘tkazildi.