1 iyundan telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari tomonidan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida talablar, standartlar va xizmatlar sifati buzilgani uchun jarimalarning yangi hajmlari joriy etiladi. Bu haqda Norma.uz Vazirlar Mahkamasining 7 martdagi qaroriga tayanib xabar qildi.

Ro‘yxat kabel va efir-kabel teleuzatuvlar, mobil aloqa, ma’lumotlar uzatish tarmoqlari, xalqaro ovozli trafik, statistika hisobotlari xizmatlarini ko‘rsatish sohalaridagi qoidabuzarliklar bilan to‘ldirildi.

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi qoidabuzarliklarni aniqlab, hisoblab chiqadi.

Jarimalar ro‘yxati (rus tilida)