Toshkent ichki ishlar organlari tizimidagi o‘zgarishlar ular nufuzini va aholi bilan munosabatlari yaxshilaydi, dedi O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, Toshkent IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev shanba kuni birinchi marta o‘tkazilgan jurnalistlar bilan ochiq muloqotda.

«Haqiqatdan ham, aytish mumkinki, aholi va ichki ishlar organlari o‘rtasida qandaydir to‘sqinlik bor, — dedi Rustam Jo‘rayev aholining ichki ishlar organlariga nisbatan munosabati to‘g‘risidagi savolga javob qaytarar ekan. — Biz huquqbuzarlarga qarshi kurashdim, ammo xalq bilan muloqot, to‘g‘ri munosabatlar e’tiborsiz qoldirildi. O‘ylaymanki, bu katta kompleks muammo, uni har tomonlama o‘rganish zarur».

«Ichki ishlar organlari xodimlari o‘z vazifasini halol, adolatli va qonun doirasida bajarishi va odamlarning muammolari bilan yashashi lozim», — deya ta’kidladi u.

Rustam Jo‘rayev hozirda huquqni muhofaza qilish xizmatlari obro‘sini yaxshilash bo‘yicha ulkan ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi. U yaqin vaqtlarda fuqarolar ular ishidagi o‘zgarishlarni his etishlariga va’da berdi.

«Odamlar ichki ishlar organlari, yo‘l-patrul xizmatlari xodimlari o‘z majburiyatlarini qorda ham, saratonda ham ado etishlariga ko‘nikishgan. Ehtimol, ularga fuqarolar bilan muloqotda xayrixohlik yetishmayotgandir. Odamlar bizga himoyachilar sifatida qarashlari kerak. Biz sheriklik darajasini oshirishimiz kerak», — dedi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari.

«Biz hatto huquqbuzarlar bilan ham xushmuomala bo‘lishimiz kerak, ular baribir qonun oldida javob berishadi. Biz ijrochilarmiz. Agarda ular xato qilishgan bo‘lsa, tushuntirish kerak. Jazoni sud tayinlandi, huquqbuzar qonun oldida javob berishi kerak, bizning oldimizda emas. Buni ichki ishlar organlari xodimlari ham tushunishlari kerak», — deya ta’kidladi Rustam Jo‘rayev.