9 mart kuni Qozog‘istonda 5 martda sodir bo‘lgan YTHda hayotdan ko‘z yumgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadlari ikkita maxsus avtomobilda Andijon viloyati Asaka tumaniga yetkazildi, deya xabar qildi FVV matbuot xizmati.

Halok bo‘lgan Isoqov Zohidjon Mansurovich (1978 yilda tug‘ilgan, haydovchi) va Yuldashev Qodirjon Komilovich (1975 yilda tug‘ilgan, yo‘lovchi) o‘zlari yashagan hududda dafn etildi.

YTH 5 mart kuni 10:50 da Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Olke posyolkasi hududida «Samara-Chimkent» avtomobil yo‘lining 778-kilometrida sodir bo‘ldi. Sankt-Peterburgdan Toshkentga harakatlanib kelayotgan Opel Astra (raqami 505 198 RUS) yengil avtomobili «KAMAZ» rusumli (D 432 ADA 04) yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi.