O‘zbekistonlik bokschilar Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev shanba kuni AQSHning Nyu-York shahrida professionalriygi ilk janglarini nokaut bilan yakunladi.
Buxorolik Shahram G‘iyosov argentinalik Nikolas Velaskesga (10−3−0, 3 KO) qarshi ringga ko‘tarildi. Jahon chempioni, Olimpiya o‘yinlari kumush medali sohibi raqibini uchrashuvning 15-soniyasida nokautga uchratdi.

Namangan boks maktabi tarbiyalanuvchisi Murodjon Ahmadaliyev esa argentinalik Devid Pas (4−5−1, 0 KO) bilan bellashdi. Olimpiada bronza medali sohibi chap qo‘l bilan jigarga zarba berib, jangni muddatidan oldin tugatdi.

Videoni YouTube orqali ko‘rish