10 mart kuni O‘zbekistonning Qozog‘istondagi yangi elchisi etib tayinlangan Saidikrom Niyazxodjayev Toshkentdan Ostonaga jo‘nab ketdi, deya xabar qildi TIV matbuot xizmati.
Ushbu tayinlovga qadar Saidikrom Niyazxodjayev (1965 yilda tug‘ilgan) 2015 yildan beri tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

TIVga kelishga qadar esa Prezident devoni, hukumat tuzilmalarida turli mas’ul lavozimlarda, xususan davlat maslahatchisi o‘rinbosari va iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi avvalgi elchisi Ikrom Nazarov edi.