Samarqandda «So‘g‘diyona» bog‘i o‘rnida zamonaviy Family Park istirohat bog‘i quriladi, deya xabar qildi O‘zA.6,3 gektar maydonni egallovchi bog‘da shahardagi ilk muz saroyi, kart-klub, sport-sog‘lomlashtirish markazi, bolalar va kattalar uchun suzish havzalari va turli attraksionlar faoliyat ko‘rsatadi.

Parkning sobiq basseyn o‘rnida zamonaviy akvapark qurilishi davom etmoqda.